Kot-d'Ivuarlik markaziy himoyachi Erik Bayi Saudiya Arabistonining "Al-Najma" klubi futbolchisiga aylanmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar bo'lajak shartnoma shartlarini kelishib olishgan, biroq yakuniy bosqichda 31 yoshli futbolchi transferdan bosh tortishga qaror qilgan va muzokaralarni to'xtatgan. Bayi yaqinda erkin agent bo'ldi - uning "Vilyarreal" bilan shartnomasi 2025 yilning 1 iyulida yakuniga etdi.

Faoliyati davomida u "Espanol", "Marsel", "Beshiktosh", "Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" kabi klublarda o'ynagan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 2 million evroni tashkil qiladi.