"MYu" Garnachoni 29 yoshli Uotkinsga almashtirmoqchi

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida hujum markaziga to'purar futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
MUFC News xabariga ko'ra, mankunianliklar "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati "Villa"ga Garnachoni Uotkins evaziga almashtirishni taklif qilishi mumkin.
29 yoshli Uotkins hozirda Transfermarkt tomonidan 40 million evroga baholanmoqda.
21 eshli Garnachoning taxminiy qiymati 45 million evro.