"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yozda rejalariga kiritilmagan futbolchilar - Markus Reshford, Alexandro Garnacho, Jeydon Sancho, Antoni va Tirell Malasiani asosiy jamoadan chetlatdi. Manchester Evening News xabariga ko'ra, jamoa Amorimning ushbu futbolchilar bo'yicha qarorlarini to'liq qo'llab-quvvatlagan.

Manbaning ta'kidlashicha, "Manchester Yunayted" futbolchilari mavsumoldi turidan keyin optimistik kayfiyatda.

Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumi 1-turida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi. O'yin 17 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.