"MYu" Emiliano Martines bilan muzokaralarni boshladi

"Manchester Yunayted" Emiliano Martines transferi ustida ishlamoqda.
TyC Sports xabariga ko'ra, "MYu" "Aston Villa" bilan muzokaralar olib bormoqda. Mankunianliklar darvozabon uchun kurashda boshqa klublardan, xususan, "Barselona", "Galatasaroy" va Saudiya Arabistoni jamoalaridan oldinda bormoqda.
Qayd etilishicha, "MYu" bosh murabbiyi argentinalik futbolchining etakchilik qobiliyatini qadrlaydi.
Emiliano o'tgan mavsumda APLda 37 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.