"MYu"dan 400 mln funt so'raldi

"Manchester Yunayted" yangi stadion qurilishiga tayyorgarlik ko'rishda muammolarga duch keldi.
100 ming kishilik arena qurilishini boshlash uchun klub hozirgi "Old Trafford" stadioni yonidan er sotib olishi kerak.
Hozirda bo'lajak stadion uchun hududda qisman temir yo'l yuk terminali mavjud. Guardian xabariga ko'ra, terminalga egalik qiluvchi Freightliner kompaniyasi er uchun 400 mln funt so'ragan - "MYu"dagilar esa erni 40-50 mln funtga baholamoqda.
"Manchester Yunayted" 2030 yilgacha yangi arena qurishni rejalashtirmoqda, ammo Freightliner bilan muzokaralar klubni stadion loyihasini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, "MYu" 4,2 milliard funt evaziga stadion qurishni mo'ljallamoqda.