"MYu" Amorim qo'l ostida APLdagi 28 ta o'yindan 15 tasida mag'lub bo'lgan

"Manchester Yunayted" Amorim boshchiligida APLda g'alaba qozonganidan ikki barobar ko'proq o'yinda mag'lubiyatga uchradi.
Bugun mankunianliklar chempionatning birinchi turida "Arsenal"ga engilib qo'yishdi (0:1).
Umumiy hisobda Ruben Amorim "MYu" bosh murabbiyi lavozimida APLda 28 ta o'yin o'tkazdi. Jamoa ularning 15 tasida mag'lubiyatga uchradi, 7 tasida g'alaba qozondi va 6 tasida durang o'ynadi.
"Yunayted" portugaliyalik murabbiy rahbarligida har turda o'rtacha 0,96 ochko to'plamoqda.