Mutaxassis: "Shevaleni nega olib kelishganini bilmayman"

Avvalroq Kievning “Dinamo” klubini boshqargan futbol mutaxassisi Yozef Sabo "PSJ"ning Lukas Shevale bilan shartnoma imzolaganidan so'ng rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning “PSJ”dagi istiqboliga baho berdi.
"Superkubok bahsida Shevaleni ko'rdik. U yaxshi emas. Bu darvozabonni nega olib kelishganini bilmayman.
Demak, uning kelajagi hozircha qanday bo'lishi aniq emas", - deya ukrainalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sport.ua.