Musialaning jiddiy jarohati tasdiqlandi

Jamol Musialada kichik boldir suyagining sinishi tasdiqlandi.
"Bavariya" klublar o'rtasidagi JCh 1/4 finalida "PSJ"ga yutqazib qo'ydi (0:2).
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 3-daqiqada "PSJ" darvozasi tomon yugurib borayotgan Musiala jarima maydoni ichida Janluiji Donnarumma bilan to'qnashib ketdi, to'pig'idan jarohat oldi. Uning chap oyog'i g'ayritabiiy tarzda qayrilib ketdi. Xavbekni maydondan zambilda olib chiqib ketishdi.
Musialaning kichik boldir suyagi singan, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Kerri Xau. Futbolchi Myunxenga etib kelishi bilan operatsiya qilinadi.
Shundan so'ng u kamida 4 oy lazaretda bo'lishi kutilmoqda. 22 yoshli futbolchi mavsumning asosiy qismini o'tkazib yuboradi.