Muhammad Saloh APL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa ko'tarildi

Muhammad Saloh APLdagi 187-golini urdi.
Premer-ligada kiritilgan gollar soni bo'yicha "Liverpul"ning misrlik forvardi Endi Koul bilan to'rtinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Uchinchi pog'onada Ueyn Runi (208), ikkinchi o'rinda Xarri Keyn (213). APL tarixidagi eng yaxshi to'purar - Alan Shirer. Uning hisobida 260 ta gol bor.