Moyze Kin boshqa jamoalardan qiziqishlar fonida "Fiorentina"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin klubni tark etishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
25 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda, ammo forvardning o'zi ketishga shoshilmayapti.
"Men juda motivatsiyaga to'laman va bu erda o'ynashni davom ettirishga qaror qildim. "Fiorentina" menga ko'p narsa berdi, qiyin damlarda yordam berdi, yangi mavsumni yangi motivatsiya bilan boshlashdan xursandman va klub uchun borimni berishga tayyorman," - deya Kin so'zlarini keltirmoqda Italiya OAV.
O'tgan mavsumda "binafsharanglilar" hujum chizig'i etakchisi 44 ta o'yinda 25 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.