"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o'tishni istamayapti. Saudiya klubi unga yiliga 20 million evro to'lashga tayyor edi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, "Fiorentina" Kin bilan yangi besh yillik shartnoma imzolab, uning maoshini 4,5 million evroga oshirishni taklif qilgan. Muzokaralar 17-18 iyul kunlariga mo'ljallangan. 15 iyulga qadar 52 million evrolik tovon puli bor, biroq futbolchi Evropada qolishni istamoqda.

"Fiorentina"da 25 yoshli futbolchi 44 ta o'yinda 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.