Mourinoning shaxsan o'zi bu transferni xohlagan

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o'zi “Arsenal”ning 28 yoshli ukrainalik vingeri Aleksandr Zinchenkoni klub safida ko'rmoqchi.
Bu haqda jurnalist Serkan Hamzao'g'li X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, agar transfer amalga oshsa, Mourino Zinchenkoni markaziy yarim himoyachi sifatida "oltilik" rolida qo'llash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Avvalroq "Fenerbaxche" Zinchenko atrofidagi vaziyat bilan qiziqib, "Arsenal" vakillari bilan ehtimoliy transfer borasida yig'ilish o'tkazgani xabar qilingandi.