"Fenerbaxche" yozda hujumchi Jon Duranni ijaraga olishga muvaffaq bo'ldi, uning uchun "An-Nasr" qishda "Aston Villa"ga 77 million evro to'lagan edi. Kolumbiyalik futbolchi "Fenerbaxche"ning mavsumoldi tayyorgarligiga o'z vaqtida kelmagani jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning jahlini chiqardi.

"Bu hurmatsizlik. Bu erda aniq qoidalar bor va ularga rioya qilmagan har bir kishi javobgarlikka tortiladi. U kelganida u bilan gaplashamiz. Agar kelsa..." - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Marca.

O'tgan yilgi Turkiya chempionatida "Fenerbaxche" turnir jadvalida 2-o'rinni egallagan edi. Chempionlik unvonini "Galatasaroy" qo'lga kiritdi.