Joze Mourino o'ziga Lionel Messining qanday ta'sir ko'rsatgani haqida so'zladi.

Sporty Net "Fenerbaxche" bosh murabbiyidan uning murabbiy sifatida o'sishiga eng ko'p hissa qo'shgan futbolchi haqida so'radi.

"Real Madrid", "Chelsi", "Inter" va "MYu"ni boshqargan Mourino shunday javob berdi: "Messi, chunki unga qarshi har bir o'yinda u meni juda ko'p fikrlashga majbur qilardi".