Hozirda Turkiyada "Fenerbaxche"ni boshqarayotgan Joze Mourino "Inter"ning yangi bosh murabbiyi Kristian Kivu haqida fikr bildirdi.

"Umid qiladigan yagona narsam shuki, u treblga erishmaydi. U Chempionlar Ligasi, chempionat va Italiya Kubogida zafar quchishi mumkin, ammo barchasini birga yuta olmaydi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.