Mourino: «Portugaliyaga albatta qaytaman»

Hozirda Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasida faoliyat yuritayotgan mashhur murabbiy Joze Mourino Portugaliya chempionatiga qaytish niyatlari haqida so'zladi.
"Men, albatta, Portugaliyaga qaytaman. Portugaliyaga faoliyatimning cho'qqisida, sog'lig'im a'lo darajada, jismoniy va ruhiy jihatdan to'liq shakllanib bo'lganimda kelishni xohlayman. Men so'zsiz qaytaman," - deya Mourinoning so'zlarini A Bola nashri keltiradi.
Joze Mourino Italiyaning "Roma" klubida bir necha yil ishlashdan so'ng 2024 yil yozida "Fenerbaxche"ni boshqarishni o'z zimmasiga oldi. Bunga qadar portugaliyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatida "Portu", "Benfika", "Chelsi", "Real" va boshqa nufuzli klublar bo'lgan. Turkiya chempionatining o'tgan mavsumida Mourino shogirdlari ikkinchi o'rinni egallagan edi.