Mourino JCh-2030da Portugaliya terma jamoasini boshqarishni orzu qilayotganini yashirmayapti

"Fenerbaxche" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasi murabbiyi sifatida jahon chempionatida ishtirok etishni orzu qilayotganini tan oldi.
"Jahon chempionatiga - xoh vatanim terma jamoasi bilan bo'lsin, xoh boshqa davlat bilan - borishga juda katta xohish bor. Lekin baribir bu terma jamoa Portugaliya bo'ladi deb umid qilaman. Men federatsiyani majburlamoqchi emasman - hammasi tabiiy bo'lishi kerak. Ishonchim komilki, bir kun kelib bu sodir bo'ladi," - dedi Mourino Portugaliyaning Canal 11 telekanali efirida.
Eslatib o'tamiz, JCh-2030 13 iyundan 21 iyulga qadar bir vaqtning o'zida bir nechta mamlakatda bo'lib o'tadi. Turnirga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi.