Mourino "Feyenoord"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi

"Fenerbaxche" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi saralash bosqichi 1-raundidan o'rin olgan "Feyenoord"ga (1:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Futbolchilarimning o'yinidan mamnunman. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda "Feyenoord" stadioni jimib qoldi. Raqib jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Ha, bu kuchli jamoa, lekin bu oqshom biz ustunlik qildik. Javob o'yinlarida "Feyenoord" ustidan qozongan bir necha g'alabalarim bor. Ishonamanki, biz buni takrorlashga qodirmiz," - deya "Fenerbaxche" ustozining so'zlarini keltiradi Fotomac.
Javob bahsi 12 avgust kuniga belgilangan.