Taniqli murabbiy Joze Mourino o'zining "Chelsi" boshqaruvidagi ilk davrini yuqori baholamoqda. Portugaliyalikning fikricha, 2004-2006 yilgi "aristokratlar" Premer-liga tarixidagi eng yaxshi jamoa bo'lgan.

"Men o'sha "Chelsi"ni Premer-liganing eng yaxshi jamoasi deb hisoblayman. O'shandan beri 20 yil o'tdi. Bu ajoyib jamoa edi. Biz Chempionlar Ligasida g'alaba qozona olmadik, chunki o'sha paytda golni aniqlash tizimi yo'q edi," - dedi Mourino.