Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Fernando Morentes jamoa vingeri Rodrigo duch kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi.

"Real Madrid"ni tark etish oson emas. Shu bilan birga, klub endi senga muhtoj emasligini anglash ham juda og'ir holat. Bu erda Rodrigo o'z qarorini o'zi qabul qilishi kerak", - dedi 49 yoshli ispaniyalik sobiq futbolchi.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Rodrigo klubda qolish bo'yicha qaror qabul qilgan.