"Monako" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi

Leverkuzenning "Bayer" klubi darvozaboni Lukash Gradetski "Monako" bilan muzokara o'tkazmoqda. Bu haqda Frantsiyaning L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Monako" rahbariyati jamoaning hozirgi darvozabonlari Filipp Kyon va Radoslav Maetski klub darajasiga to'liq javob bermaydi, degan xulosaga kelganidan so'ng, 1-raqamli darvozabon bo'lish uchun bir qator nomzodlarni o'rganib chiqqan.
Jorje Petrovich va Martsin Bulka oxir-oqibat boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolashni afzal ko'rishdi, David De Xea esa "Fiorentina" bilan shartnomani uzaytirdi. Shundan so'ng "Monako" Gradetski variantiga o'tdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, bitim yakunlanish arafasida. Transfer narxi 4 million evroni tashkil etishi mumkin.