"Inter" Magnes Akliushni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

L'Equipe xabariga ko'ra, "neradzurrilar" 8 avgust kuni monegaskliklar bilan o'rtoqlik o'yinidan (2:1) keyinoq "Monako" xavbekiga qiziqish bildirgan. "Inter"dan tashqari, Akliushga Evropaning yana bir yirik klubi da'vogarlik qilmoqda - avvalroq Akliush bo'yicha muzokaralarni "Bayer" olib borayotgani ma'lum bo'lgandi.

Qayd etilishicha, "Monako" Akliushning sotilishiga qarshi emas, ammo vinger uchun taxminan 70 mln evro so'ramoqda. Futbolchining o'zi biror klub monegaskliklar talabini qondirishga rozi bo'lishiga shubha bildirdi. 23 yoshli frantsuzning kelishuvi 2028 yilgacha amal qiladi.

O'tgan mavsumda Akliush Liga 1da 32ta o'yinda 5ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.