"Monako" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Monako" klubi hujumchi Mika Bieret bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bitim 2030 yilgacha mo'ljallangan.
22 yoshli daniyalik qishda "Shturm"dan 13 million evro evaziga knyazlik klubiga ko'chib o'tgan edi. Yarim yil ichida u Frantsiya chempionatining 16 o'yinida 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U bungacha "Arsenal", "Mazruell", "Fulxem" va "Valveyk" klublarida to'p tepgan.