"Monako" hujumchisi "Beshiktosh"ga o'tishni rad etdi

"Monako" hujumchi Breel Emboloni sotishga tayyor, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
"Beshiktosh" Shveytsariya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisini 15 million evroga transfer qilishga yaqin edi, ammo futbolchining o'zi bunga rozi bo'lmadi.
"Monako" hujumchi uchun 15 million evro olmoqchi. Unga qiziqayotgan "Milan" bundan xabardor.
2024/25 yilgi mavsumda Embolo "Monako" safida 42 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.