"Monako" himoyachisi APLga ko'chib o'tishi mumkin

"Nottingem Forest" "Monako"dan himoyachi Sunguta Magassani sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'z sahifasida ma'lum qildi.
Manbaning yozishicha, ingliz klubi "Monako" rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. "Nottingem Forest" frantsuzlarga himoyachini bonuslarsiz 13 mln evroga berishni taklif qildi.
Shu bilan birga, "Monako" xo'jayinlari taklif qilingan summadan qoniqish hosil qilishmadi. Monegasklar frantsuz uchun kamida 18 mln evro olishmoqchi.