Leverkuzenning "Bayer" klubi darvozaboni Lukash Gradetski "Monako"ga o'tadi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, transfer qiymati 4 mln evroni tashkil qiladi.

Muzokaralar yakuniy bosqichda, tez orada transfer haqida rasman e'lon qilinadi.

2024/2025 yilgi mavsumda 35 yoshli Gradetski barcha klub musobaqalarida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol o'tkazib yuborgan.

Finlyandiya fuqaroligiga ega bo'lgan bratislavalik futbolchi 2018 yildan beri "Bayer" sharafini himoya qilib keladi va 2023/2024 yilgi mavsumda Germaniya chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.