Eliss Ben-Segir "Monako"ni tark etmoqchi.

Hujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotganidan xafa va hozirda ketishga tayyor, deb xabar beradi Nice-Matin.

"Monako" avvaliga futbolchini saqlab qolmoqchi edi, ammo so'nggi kunlarda transferga ochiq.

20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Agar Ben-Segir sotilsa, monakoliklar taxminan 50 mln evro ishlab olishmoqchi.

Bahorda frantsuz uchun bir necha klublar - Angliyaning "Manchester Siti" va "Liverpul", Germaniyaning "Bavariya" va "Bayer" klublari so'rov yuborgani xabar qilingandi.