Molina La Liganing boshqa klubi safiga o'tishi mumkin

"Atletiko Madrid" himoyachisi Nauel Molina faoliyatini La Liganing boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.
Marca xabariga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi "Vilyarreal"ga o'tishi mumkin. "Sariq suvosti kemasi" jahon chempionini ijaraga olishi mumkin.
Molina Transfermarkt portalida 20 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.