Yarim himoyachi Luka Modrich yangi klubga o'tishga yaqin turibdi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, 39 yoshli Modrichga allaqachon tibbiy ko'rik sanasi belgilangan. U Dushanba kuni bo'lib o'tadi. Agar muammolar aniqlanmasa, u holda tajribali xorvatiyalik "Milan" bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich shu yozda o'n uch mavsum davomida to'p tepgan "Real"ni tark etdi.

Aytish kerakki, "Milan" o'tgan mavsum Italiya A Seriyasida sakkizinchi o'rinni egallab, evrokuboklar yo'llanmasidan quruq qolgan edi.