Xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich "Milan" futbolchisiga aylandi. U klubda o'z tajribasidan unumli foydalanmoqchi ekanligini aytdi

"Men jamoaga yordam berish uchun shu erdaman. Futbolda o'yinchilar bir o'zi hech narsa qila olmaydi - bu jamoaviy o'yin. Men har doim aynan shu falsafadan kelib chiqib, harakat qilganman," - deya Luka Modrichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Italiya A Seriyasining yangi mavsumi avgust oyi o'rtalarida boshlanadi.