AQShning Chikago shahrida o'tkaziladigan UFC 319 turnirining asosiy jangi ishtirokchilari qancha gonorar olishi ochiqlandi.

Bizning vaqt bilan taxminan ertalabki soat 9 larda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xamzat Chimaev o'rta vazn chempioni Drikus dyu Plessiga qarshi oktagonga chiqadi. 

Sportskeeda nashri bergan xabarga ko'ra, Xamzatning ushbu jang uchun oladigan kafolatlangan gonorari 1,8 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu Xamzatning faoliyatidagi eng katta gonorar hisoblanadi. Dyu Plessi esa jangdan roppa-rosa 3 mln dollar ishlab oladi. 

Manba: championat.com