MMA. O'Melli: "Hamzat – Xabibning davomchisi"

30 yoshli sobiq UFC chempioni (61 kg gacha) amerikalik Shon O'Melli mag'lubiyatsiz natija qayd etayotgan chechenistonlik Hamzat Chimaevning o'rta vazn toifasida (84 kg gacha) chempionlik unvoni uchun Drikus dyu Plessis bilan jangdagi g'alabasiga javob qaytardi.
Jang UFC 319 turnirida bo'lib o'tdi va hakamlarning bir ovozdagi qarori bilan Hamzat foydasiga yakunlandi.
"Hamzat chinakam g'olib. U tom ma'noda Xabibning davomchisi. Chimaevni mag'lub eta oladigan odam bormi, bilmayman. U ko'pchilik iste'dod egalarini mag'lub etishga qodir", - dedi O'Melli.