MLS. Messisiz "Inter Mayami" ochko yo'qotdi

"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida o'z uyida "Tsintsinnati" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Mezbonlar futbolchilari Lionel Messi va Jorji Alba AQSh va Meksika yulduzlari o'rtasidagi o'yinda ishtirok etmagani uchun diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.
Ushbu o'yindan so'ng "Inter Mayami" 42 ochko bilan Sharqiy konferentsiyada beshinchi, "Tsintsinnati" 49 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda.