MLS muntazam chempionatining navbatdagi turida "Inter Mayami" safarda "Nyu-York Red Bulls" mehmoni bo'ldi va yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda Lionel Messi 2 ta gol urib, 1 ta assist berdi. Mayamiliklar safida yana Jordi Alba va Telasko Segoviya (dubl) gol urdi.

"Inter Mayami" 41 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda. "Nyu-York Red Bulls" 9-o'rinda - 33 ochko.

Manba: www.stadion.uz.