"Tsintsinnati" MLS chempionatining navbatdagi o'yinida "Inter Mayami"ni mag'lub etdi - 3:0.

16-daqiqada hujumchi Xerardo Valensuela hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Evander dubl qayd etdi va hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Lionel Messi, Serxio Buskets, Jordi Alba va Luis Suares butun uchrashuvni almashtirmasdan o'tkazishdi.

"Tsintsinnati" 45 ochko to'pladi va Sharqiy konferentsiyada 2-o'rinni egallab turibdi. "Inter Mayami" 5-o'rinda va ularda 38 ochko bor.