"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes "Al-Hilol"da Aleksandr Mitrovich o'rnini egallashi mumkin.

Saudiya klubi 30 yoshli forvardni ijaraga olish yoki to'liq transfer qilish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.

Nunesning transferi serbning ketish ehtimolini oshiradi.

Angliya premer-ligasining bir qancha klublari Mitrovichni taklif qilishdan manfaatdor va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.