Braziliyalik yulduz vinger Rodrigo yozgi transferlar vaqtida klubini o'zgarishi haqidagi turli mish-mishlarga qaramay, "Real"da qoladigan bo'ldi. Bu haqda Diario AS jurnalistlari xabar bermoqda.

Futbolchi 4 avgust, dushanba kuni "qirollik klubi"ning boshqa futbolchilari bilan mashg'ulotlarga qaytadi.

Avvalroq, OAVda Rodrigoga Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. "Qaymoqranglilar" braziliyalikni 90 million evroga sotishga tayyor edi, ammo potentsial xaridorlardan taklif bo'lmadi.

24 yoshli vingerning "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.