"Yuventus"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Fabio Miretti "Napoli"ga o'tishi mumkin. Bu haqda AreaNapoli portali xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga 5 yillik shartnoma va har mavsum uchun 1,5 million evro maosh taklif qilingan. Transfer narxiga kelsak, "Yuventus" 15-20 million evroga umid qilmoqda, "Napoli" esa 12 evro to'lab, Mirettini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor.

Miretti o'tgan mavsumni "Jenoa"da ijarada o'tkazdi. Futbolchi jarohatlar tufayli 3 oyga yaqin maydonga tusha olmadi. U barcha mumkin bo'lgan klub turnirlarida jami 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.