"Mirabror Usmonov kubogi-2025". O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi oq libosda o'ynaydi

Ertaga "Mirabror Usmonov kubogi-2025" musobaqasining ilk uchrashuvidan o'rin olgan O'zbekiston — Saudiya Arabistoni bahsi bo'lib o'tadi. Turnir oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga turnirga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, tibbiyot, media va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Futbolchilarimiz mazkur bahsda to'liq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.