“Roma” darvozaboni Mile Svilar jamoada qoladi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, serbiyalik 25 yoshli posbon klub bilan shartnomasini 2030 yilga qadar uzaytiradi. Yangi kelishuvdan so'ng Svilar yiliga 4 mln evro atrofida maosh oladi.

U 11 iyul kuni “Roma” bilan rasman shartnoma imzolaydi. Mile 2022 yildan beri “bo'rilar” safida o'ynab kelmoqda.

O'tgan mavsumda u Rim klubi safida barcha turnirlarja 51ta o'yin o'tkazib, 51ta gol o'tkazib yubordi.