"Milan" vingeri Rafael Leauga "Bavariya" qiziqmoqda. So'nggi paytlarda myunxenliklarning asosiy nishoni "Liverpul" vakili Luis Dias bo'lib turibdi, ammo "rossonerilar" yulduzini o'z safiga qo'shib olishi ham istisno qilinmayapti. Sport BIld xabariga ko'ra, Leauning o'zi joriy transfer oynasida "Bavariya"ga o'tishga tayyor. Portugaliyalik allaqachon Saudiya Arabistonining foydali taklifini rad etgan, chunki u Evropada top-darajadagi faoliyatini davom ettirmoqchi.

Taxminlarga ko'ra, Rafael Leau "Bavariya"da yiliga 15 mln evro atrofida maosh olmoqchi. Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli futbolchining narxini 70 mln evroga baholamoqda.