"Milan" yarim himoyachisiga La Liganing etakchi klubi qiziqish bildirmoqda

"Milan" yarim himoyachisiga La Liganing etakchi klubi qiziqish bildirmoqda. Mashhur jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, “Betis” Ismoil Bennaserga jiddiy qiziqish bildirgan.
Qayd etilishicha, 27 yoshli Bennaser endi "rossoneri"ning kelajak rejalarida yo'q va u keyingi transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda.
Ismoil Bennaser o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Marsel"da o'tkazdi va u erda Liga 1da 12 ta o'yinda maydonga tushdi.