"Milan" yarim himoyachisiga bo'lgan qiziqish neapolliklarda susaymagan

"Milan" yarim himoyachisi Yunus Musa hamon "Napoli" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
"Napoli" klubi "rossonerilar" bilan 22 yoshli amerikalik futbolchining transferi borasida aloqani davom ettirmoqda, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
"Napoli"dan birinchi aniq qiziqish iyun oyida paydo bo'lgan - o'sha paytda 25 million evroga shartnoma yakunlanishiga yaqin edi. Biroq, shartnoma hech qachon imzolanmadi.