"Milan" yapon yulduziga qiziqish bildirmoqda

Ispaniya matbuoti "Milan" so'nggi yillarda "Real Sosedad" sharafini himoya qilayotgan yaponiyalik Takefusa Kuboga qiziqish bildirayotgani haqida yozmoqda. Biroq, fichajes.net nashrining aniqlik kiritishicha, basklar yapon yulduzini 40 million evrodan kamiga sotishga tayyor emas. "Milan" esa odatda futbolchilar uchun buncha pul to'lamaydi - u erda ancha arzonroq tushadigan yoshi katta futbolchilarni sotib olishni afzal ko'rishadi.
Eslatib o'tamiz, Evropada Kubo faqat Ispaniyada o'ynagan, ammo bir nechta klublarni almashtirishga ulgurgan, ular orasida "Malorka", "Vilyarreal", "Xetafe" va hatto Madridning "Real" klubi ham bor.