"Milan" yangi o'ng qanot himoyachisi transferini yakunlashga yaqin turibdi

Italiyaning "Milan" klubi Shveytsariyaning "Yang Boyz" klubi o'ng qanot himoyachisi Zakari Atekamening transferi bo'yicha kelishuvni yakunlashga yaqin turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Hozircha klublar o'zaro ba'zi hujjatlarni almashishi qoldi. 20 yoshli Atekame "rossonerilar"ning joriy transferlar davridagi ettinchi xaridi bo'ladi. Futbolchi "Milan"ga bonuslar bilan birga 10 million evroga tushadi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, futbolchining qayta sotilishidan Shveytsariya tomoni 10 foizga ega bo'ladi.
O'tgan mavsumda Atekame klub miqyosida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta sariq kartochka oldi, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.