"Milan" Teo Ernandesning o'rnini egallaydigan himoyachi transferini yopdi

"Brayton"ning chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyan faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.
Klublar o'rtasida transferning barcha shartlari bo'yicha kelishuvga erishilgan. Sky Sport Italia ma'lumotlariga ko'ra, bitim qiymati - 19 mln evro, shundan 2 mln - bonuslar. Tomonlar hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlashmoqda. Chorshanba kuni 27 yoshli futbolchi Italiyaga uchib keladi, u erda tibbiy ko'rikdan o'tadi va "rossonerilar" bilan shartnoma imzolaydi.
Pervis Estupinyan "Milan"da joriy oyda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga 25 mln evroga sotilgan Teo Ernandesning o'rnini egallaydi.