"Milan" Teo Ernandes o'rnini APL klubi futbolchisi bilan to'ldirdi (foto)

Pervis Estupinyan "Milan" futbolchisiga aylandi.
Klub "Brayton"dan ekvadorlik himoyachi transferini e'lon qildi. Estupinyan bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Ushbu kelishuv "Milan"ga 17+2 mln evroga tushishi xabar qilingandi.
Estupinyan o'tgan mavsum APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
