Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, "Milan" "Brayton" bilan chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyan transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.

Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, klublar allaqachon to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqqan, biroq muzokaralar boshlang'ich bosqichda - italiyaliklar futbolchi sotiladimi yoki yo'qligini ko'rishmoqda. "Milan" 27 yoshli ekvadorlik futbolchining ehtimoliy transferi shartlarini aniqlamoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" uchun yangi chap qanot himoyachisi qidirilishi Teo Ernandesning "Al-Hilol"ga taxminan 25 million evroga sotilishi bilan bog'liq.