"Milan" sobiq futbolchisi: "Jamoa Teo va Reynders o'rnini to'ldirishi kerak"

Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Kristian Verining fikricha, APLga ko'chib o'tgan Tidjani Reynders hamda Saudiyaga yo'l olgan Teo Ernandesning yo'qotilishi Massimiliano Allegrining kelgusi mavsumdagi rejalariga xalaqit berishi mumkin. Uning so'zlariga ko'ra, klub munosib o'rinbosarlar topishi kerak.
"Reynders - Evropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri, Teo ham o'z pozitsiyasida eng yaxshilardan biri. "Milan"da ularning o'rnini to'ldirish, kuchsiz bo'lmagan futbolchini topish uchun atigi 45 kun bor. Ular Modrichni olishdi, ammo uning yoshi o'tib qoldi", - deya Verining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Kristian Veri 2005 yilda "Milan" sharafini himoya qilgan.