Ayni paytda erkin agent bo'lib turgan italiyalik himoyachi Davide Kalabriya Frantsiya chempionatiga ko'chib o'tish imkoniyatiga ega. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.

Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli himoyachini "Lill" o'z safiga qo'shib olmoqchi. O'tgan mavsumda Davide "Bolonya" safida ijara asosida to'p tepgan edi. Himoyachi 27 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

2024/2025 yilgi mavsumda "Lill" Frantsiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi.